+998 55 518 57 77

Yuristlar malakasini oshirish markazida yana bir yuridik fanlar doktori (DSc) diplomi topshirildi

27.04.2021 5296

 

Xabaringiz bor, bundan uch oy oldin Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi huzuridagi DSc.07/27.02.2020.Yu.108.01 raqamli Ilmiy kengashda Sulaymanov Odiljon Rabbimovich “12.00.10 – Xalqaro huquq” ixtisosligi bo’yicha “Sud hokimiyati mustaqilligiga oid xalqaro-huquqiy standartlarni implementasiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasining himoyasi o’tkazilgan edi.

Bugun, Markazda Oliy attestasiya komissiyasining 2021 yil 31 martdagi 295/1-son bayyonnomasi va Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi huzuridagi Ilmiy kengashining qaroriga asosan O.R.Sulaymanovga yuridik fanlar doktori (DSc) diplomi topshirildi.