+998 55 518 57 77

Bir nechta yoʻnalishdagi oʻquv jarayonlarimiz boshlandi

13.09.2023 3517

Yuristlar malakasini oshirish markazida  turli yoʻnalishlar boʻyicha navbatdagi oʻquv kurslarimiz boshlandi. Ushbu haftadan advokatlar, yuriskonsultlar, notariuslar, mediatorlikka nomzodlar, maqsadli manzilli  hamda qisqa muddatli kurslarda jami 9 ta guruhda 211 ta tinglovchi mashgʻulotlarda qatnashmoqdalar.

Kurslarimiz anʼanaviy va masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkazilib, unga Markaz professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda amaliyotchi mutaxassislar ham jalb qilingan.