+998 55 518 57 77

HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI MEMORANDUM imzolandi

16.09.2022 4188

Joriy yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida HAMKORLIK TOʻGʻRISIDAGI MEMORANDUM imzolandi.

 

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad - xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan aloqalarni o‘rnatishni yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

K.Adenauer jamg‘armasi bilan   hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali  xalqaro seminar, trening va konferensiyalar tashkil etish, o‘quv jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb etish koʻzda tutilgan.