+998 55 518 57 77

Mediatsiya boʻyicha xalqaro muzokaralar

18.10.2021 4975

Joriy yilning 13-oktyabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Qozogʻiston Respublikasining “Международный правозащитный центр” respublika jamoat fondi vakillari ishtirokida mediatsiya  boʻyicha axborot va tajriba almashish yuzasidan  muzokaralar oʻtkazildi.

Muzokara davomida oʻzaro aloqalarni oʻrnatish va mustahkamlash, birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish, trener-mediatorlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda qoʻshma dasturlar ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi